Namangan shahar hokimligi ishchi guruhining navbatdagi manzili poyabzal ishlab chiqaruvchi kichik korxona boʻldi.
1 min read

Namangan shahar hokimligi ishchi guruhining navbatdagi manzili poyabzal ishlab chiqaruvchi kichik korxona boʻldi.

«Zarbdor» mahallasida joylashgan kichik korxona xususiy tadbirkor Dadaboyev Nuriddin tomonidan tashkil etilgan boʻlib, ayni paytda bu yerda 20 nafar aholi bandligi taʼminlangan. Undan tashqari usta-shogird anʼanasi asosida 10 nafardan ziyod mahalla yoshlari kasb-hunar sirlarini oʻrganishmoqda.

Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar ichki bozorda oʻz oʻrniga ega. Shahar hokimi ishlab chiqarish jarayonlari, ishchilarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi. Muloqot davomida tadbirkor ishini kengaytirish uchun joy kerakligi boʻyicha murojaat qildi. Bu borada tegishli tartib qoidalar tushuntirilib, masalani hal qilish, hududdagi boʻsh turgan joylardan unumli foydalanish borasida mahalladagi hokim yordamchisiga topshiriq berildi.

Fikr bildirish