Namangan shahrining Bobur shoxkoʻchasida yangi 5 qavatdan iborat bo’lgan xususiy maktab barpo etilmoqda.
1 min read

Namangan shahrining Bobur shoxkoʻchasida yangi 5 qavatdan iborat bo’lgan xususiy maktab barpo etilmoqda.

6.5 mlrd so’mdan ziyod mablag’ evaziga qad rostlayotgan ushbu dargoh 20 ta xonadan iborat bo’lib, jami 200 o’ringa mo’ljallangan. Zamonaviy o’quv jihozlari bilan jihozlangan mazkur plaza aktivlar zali, sport zal, roboto texnika va dasturlash xonasi, yuqori sinflarga mo’ljallangan o’quv xonalarini o’z ichiga olgan. Shuningdek, sport maydonchasi hamda bog’cha tarbiyalanuvchilari uchun alohida o’yingoh ham mavjud.

Hududda bo’lgan shahar hokimi G’ofirjon Djamalov oʻquv dargohidagi qurilish jarayonlari bilan tanishdi. Mavjud o’quv xonalari va yaratilayotgan shart-sharoitlarni ko’zdan kechirdi. Maktab deroktori hamda mas’ul xodimlar bilan muloqot qildi.

Fikr bildirish