1 min read

Kichik tadbirkorlik subʼektlari viloyat eksportining 42 % ini amalga oshirmoqda

Viloyat statistika boshqarmasi maʼlumotlariga koʻra, Namangan viloyatida, 2021 yil yanvar-iyun oylarida kichik biznes subʼektlari mahsulot (ishlar va xizmatlar) eksporti hajmi 107,1 million dollarni yoki umumiy eksport hajmining 42,0 % ini tashkil etdi.

2021 yilning yanvar-iyunida kichik tadbirkorlik subʼektlari tomonidan amalga oshirilgan mahsulot (ishlar va xizmatlar) eksportining jami eksportdagi ulushi, foizda;

 

🔹Chortoq – 100%,

🔹Yangiqoʻrgʻon – 100%,

🔹Norin – 86,2%,

🔹Kosonsoy – 63,2%,

🔹Namangan sh – 63,0%,

🔹Uychi – 61,5%,

🔹Pop – 46,9%,

🔹Toʻraqoʻrgʻon – 40,2%,

🔹Namangan – 34,1%,

🔹Chust – 23,1%,

🔹Uchqoʻrgʻon –7,0%,

🔹Mingbuloq – 3,6% ni tashkil etdi.

Fikr bildirish