1 min read

Joriy yilning 13 avgust kuni Uychi tuman madaniyat markazida tuman hokimi Muhammadzokir Mamatxonov, sektor rahbarlari ishtirokida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish va muammolarini bartaraf etish yuzasidan brifing tashkil etildi. Unda OAV va blogerlar vakillari qatnashdilar.

Tuman hokimi Muhammadzokir Mamatxonov joriy yilning 6 oyi davomida qabul qilingan murojaatlar tahlili boʻyicha maʼlumot berdi. Maʼruzachining taʼkidlashicha, tuman hokimligiga jami 3330 ta murojaat kelib tushgan.

Shundan 1759 tasi yozma, 517 ta ogʻzaki hamda 1054 tasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari va Virtual qabulxonasi orqali kelib tushgan murojaatlar. Bu murojaatlarning 115 tasi yuridik shaxslardan va  3210 tasi jismoniy shaxslardan kelgan. Oʻtgan davrda 1563 ta  (47,0  foiz) qanoatlantirilgan. Bundan tashqari, “Xalq davlat idoralariga emas, balki davlat organlari xalqimizga xizmat qilishi kerak» tamoyili asosida  91 marta “Sayyor qabul” tashkil etildi.

Yurtboshimizning aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini yangicha tashkil qilish chora-tadbirlari boʻyicha oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishidagi topshiriqlar ijrosini taʼminlash maqsadida “@Hokimgamurojatbot” orqali yuridik va jismoniy shaxslarning murojaatlari qabul qilinmoqda. Telegram kanali orqali shanba, yakshanbadan tashqari har kuni soat 21.00 da va kunduzgi soatlarda ovozli chat tashkil qilinib, jonli efirda tuman hokimining oʻrinbosarlari, tashkilot rahbarlari va turli soha vakillari bilan muloqotlar uyushtirilmoqda

Matbuot anjumanida jurnalistlar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

Manba: Uychi tuman hokimlik Axborot xizmati

 

Fikr bildirish