1 min read

Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi Namangan viloyati boʻlimiga rahbar saylandi.

Joriy yilning 17-avgust kuni Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi Namangan viloyati boʻlimini tashkil etish boʻyicha onlayn yigʻilish boʻlib oʻtdi. Unda Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi raisi oʻrinbosari SH.Moʻmindjanov, Namangan viloyat hokimi oʻrinbosari, Turizm va sport bosh boshqarmasi boshligʻi B.Nuritdinov bosh boshqarma boshligʻi oʻrinbosari A.Tuychiyev hamda tuman (shahar) boʻlim boshliqlari, sport-taʼlim muassasalari rahbarlari ishtirok etishdi.

Yigʻilishda tashkiliy masala koʻrildi, yaʼni Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi Namangan viloyati boʻlimi raisligiga Namangan viloyati Turizm va sport bosh boshqarmasi boshligʻi Botirjon Nuritdinov Qodirxanovich nomzodi ilgari surildi va bir ovozdan maʼqullandi.

Yigʻilish ishtirokchilari tomonidan B.Nuritdinov nomzodi bir ovozdan maʼqullandi va Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi Namangan viloyati boʻlimi raisi etib saylandi.

NAMANGAN VILOYATI TURIZM VA SPORT BOSH BOSHQARMASI AXBOROT XIZMATI.

Fikr bildirish