1 min read

MIB: Mingbuloqda aliment toʻlamagan otalar 15 sutkalik maʼmuriy qamoqga yoʻl olishdi.

Majburiy ijro byurosi Mingbuloq tuman boʻlimi va jinoyat ishlari boʻyicha tuman sudi hamkorligida boʻlib oʻtgan sud jarayonida oʻz farzandlari uchun aliment mablagʻlarini oʻz vaqtida toʻlashdan qasddan boʻyin tovlayotgan 3 nafar fuqaroning ishi atroflicha koʻrib chiqildi.

Fuqaro M.J turmush oʻrtogʻi A.B bilan ajrab ketgan va fuqarolik ishlari boʻyicha Namangan tumanlararo sudining 2011 yildagi sud buyrugʻiga asosan 1 nafar farzandiga har oyda aliment undirish belgilangan. Mazkur ijro hujjati Byuroning tuman boʻlimi ish yurituviga olingan va ijro harakatlari olib borilgan. Biroq, olib borilgan ijro harakatlari, tushuntirishlarga qaramay qarzdor ota voyaga yetmagan farzandi uchun aliment mablagʻini qasddan toʻlamay keladi. Kun va oylar oʻtib qarzdorlik salkam 17,5 mln. soʻmga borib yetadi. Byuroning tuman boʻlimi tomonidan qarzdor otaning ijro ishi mazmunan koʻrib chiqish uchun jinoyat ishlari boʻyicha tuman sudiga yuborildi. Boʻlib oʻtgan sudda har ikki tomonlarning fikrlari eshitilib, yakuniy qaror qabul qilindi. Unga nisbatan 15 sutkalik maʼmuriy qamoq jazosi tayinlandi.

Yana bir fuqaro I.T ham belgilangan majburiyatga panja orasidan qaragan masʼuliyatsizlik otalardan boʻlib chiqdi. Boʻlmasa, u fuqarolik ishlari boʻyicha Namangan tumanlararo sudining 2017 yildagi qarori bilan belgilangan undiruvchi M.P foydasiga 1 nafar farzandi taʼminotini oʻz vaqtida berib kelar edi. Davlat ijrochisining tushuntirishlari, ogohlantirishiga qaramay uzoq muddatdan beri aliment toʻlamay keladi va qarzdorlik 21 mln. soʻmga yetadi.. Boʻlib oʻtgan sudda unga nisbatan ham hukm chiqarilib, 15 sutkalik maʼmuriy qamoq chorasi qoʻllanildi.

Aʼzamjon Dehqonov, MIB Mingbuloq tuman boʻlimi boshligʻi

 

Fikr bildirish