NAMANGANDA O‘QUVCHI-YOSHLAR SPORT BILAN BARKAMOLLIK VA MUVAFFAQIYATLAR SARI ODIMLAMOQDA
1 min read

NAMANGANDA O‘QUVCHI-YOSHLAR SPORT BILAN BARKAMOLLIK VA MUVAFFAQIYATLAR SARI ODIMLAMOQDA

Viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi “Yoshlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyati faoliyati o‘quvchilarni yuksak marralar, zafarli odimlarga ruhlantirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shuning natijasida birgina joriy yilning o‘tgan davrida viloyatdagi o‘quvchilar orasidan 15 nafari jahon chempioni bo‘ldi. Shuningdek, O‘zbekiston chempionlari 625 nafarni tashkil qilmoqda. Viloyatdagi ta’lim muassasalarida o‘quvchi-yoshlar ixtiyorida 2300 ta sport inshooti faoliyat yuritmoqda. Ulardagi seksiyalar sportning 20 turi bo‘yicha jami 108702 nafar o‘quvchini qamrab olgan.

Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati

Fikr bildirish