Namangan shahrida belgilanmagan hududlarga chiqindi tashlaganlarga qonuniy chora ko‘rildi
1 min read

Namangan shahrida belgilanmagan hududlarga chiqindi tashlaganlarga qonuniy chora ko‘rildi

Prezidentimizning joriy yil 31 mayda qabul qilingan «Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasini transformatsiya qilish va vakolatli davlat organi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmon hamda “Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorda belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash bo‘yicha, Namangan viloyati prokuraturasi, Ekologiya va Ichki ishlar boshqarmalari hamda Milliy gvardiya xodimlari hamkorligi, belgilanmagan joylarga chiqindilar tashlanishini oldini olish bo‘yicha tungi reyd tashkil etildli.

Namangan shahrining, Chorsu, Boburshoh, A.Xodjayev, Navoiy hamda Istiqlol ko‘chalarida o‘tkazilgan reyd tadbirlarida fuqarolar tomonidan belgilanmagan hududga turli-xil chiqindilarni tashlanishini oldi olindi. Chiqindi tashlagan 20 nafardan ortiq fuqarolarga Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 91-1-moddasi bilan tegishli tartibda jarima tayinlandi.

Namangan viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

Fikr bildirish