1 min read

Deputatlar – xalq xizmatida

Shu kunlarda yurtimiz boʻylab eng ulugʻ, eng aziz bayramimiz – Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan “Yangi Oʻzbekistonda erkin va farovon yashaylik!” shiori ostida maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar oʻtkazilmoqda.

Xalq deputatlari Namangan viloyat va shahar kengashi deputatlari Olimxon va Gʻiyosiddin Boboxonovlar tashabbusi bilan karantin talablariga rioya qilgan holda Namangan shahridagi “Sohibkor”, “Sumalak guzari”, “Chorsu”, “Sharq tongi”, “Gulpora” mahallalaridagi nuroniylar, xotin-qizlar va yoshlar vakillari ishtirokida bayram tadbiri tashkil etildi.

Unda mustaqillik yillarida milliy davlatchiligimiz, muqaddas dinimiz, urf-odat va anʼanalarimiz qayta tiklangani, shahar va qishloqlarimiz obod va koʻrkam boʻlayotganligi, aholining turmush farovonligi yuksalayotganligi, bu ulugʻ neʼmatlarning qadriga yetish, ularni asrab-avaylash zarurligi haqida soʻz yuritildi.

Tadbirlarda el-yurt xizmati yoʻlida jonbozlik koʻrsatayotgan yigirma nafar fidoyi, tashkilotchi va tashabbuskor mahalla faollariga deputatlarning esdalik sovgʻalari hamda 1-sinfga oʻqishga qabul qilingan olti nafar bolajonlarga maktab formalari topshirildi.

Bunday eʼtibor va gʻamxoʻrlikdan xursand boʻlgan otaxonu-onaxonlar yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, mustaqilligimiz abadiy boʻlsin deya duoga qoʻl ochdilar.

  1.      Zero, tadbirda taʼkidlanganidek, jonajon yurtimizning gullab – yashnashiga va taraqqiyotiga hissa qoʻshish har birimizning asosiy burchimizdir.

Fikr bildirish