1 min read

NAMANGANDA PREZIDENT SAYLOVINI OʻTKAZUVCHI OKRUG SAYLOV KOMISSIYASI AʼZOLARIGA GUVOHNOMALAR TOPSHIRILDI

🇺🇿 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini oʻtkazuvchi 6-Namangan saylov okrugi tomonidan shu yil 24 oktyabrda boʻladigan muhim siyosiy tadbirni tashkillashtirish masalalariga bagʻishlangan yigʻilish oʻtkazildi.

Yigʻilishni olib borgan 6-Namangan okrug saylov komissiyasi raisi, Namangan davlat universiteti rektori, professor Sobitxon Turgʻunov saylovni tashkillashning muhim jihatlariga eʼtibor qaratdi.

Saylov kodeksi asosida, Namangan viloyatidagi okrug saylov komissiyasining raisi, uning oʻrinbosari va aʼzoligiga nomzodlar xalq deputatlari viloyat Kengashining sessiyasida koʻrilib, Markaziy saylov komissiyasiga tavsiya etildi. MSK qarori bilan, jamoatchilikning obroʻ-eʼtiborli vakillari orasidan tanlangan 17 nomzod okrug saylov komissiyasining aʼzoligiga tasdiqlandi.

6-Namangan okrug saylov komissiyasi aʼzolariga guvohnomalar topshirildi.

Fikr bildirish