1 min read

XALQ DEPUTATLARI TOʻRAQOʻRGʻON TUMANI KENGASHINING SESSIYASIDA

Xalq deputatlari Toʻraqoʻrgʻon tuman Kengashining yigirma sakkizinchi sessiyasi boʻlib oʻtdi. Uni tuman hokimi, Kengash raisi Zulayho Mahkamova olib bordi.

Sessiyada xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, uchastka saylov komissiyasi raisligiga nomzodlar, mutasaddi tashkilot, korxona va muassasalar rahbarlari, siyosiy partiyalar vakillari hamda ommaviy axborot vositasi vakillari ishtirok etdilar.

Sessiyada asosiy masala “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini oʻtkazuvchi saylov komissiyalari tarkibiga nomzodlarni tavsiya etish toʻgʻrisida”gi masala koʻrib chiqildi. Bu haqda tuman hokimligining tashkiliy-nazorat guruhi rahbari Sodiqjon Akbarov axborot berdi.

Unda aytilishicha, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini oʻtkazuvchi 6-Namangan saylov okrugining qarori bilan tumanda 59 ta saylov uchastkasi joylashgan binolar, saylov uchastkalari biriktirilgan mahalla fuqarolari yigʻinlari koʻchalari maʼlum qilingan.

Saylov kodeksining tegishli moddalariga muvofiq, fuqarolarni oʻzini-oʻzi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar rahbarlarining takliflarini inobatga olgan holda uchastka saylov komissiyasi tarkibiga nomzodlar Kengash muhokamasiga kiritildi va tasdiqlandi.

Sessiya ishida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini oʻtkazuvchi 6-Namangan saylov okrugi komissiyasi aʼzosi Abdulaziz Rustamov ishtirok etdi.

To’raqoʻrgʻon tuman hokimlik Axborot xizmati

 

 

Fikr bildirish