1 min read

Xalq deputatlari Chust tuman Kengashining oʻttiz beshinchi sessiyasida uchastka saylov komissiyalari tarkibiga nomzodlarni tavsiya etish masalasi koʻrildi.

2021 yil 6 sentyabr kuni Xalq deputatlari Chust tuman Kengashining navbatdagi oʻttiz beshinchi sessiyasi boʻlib oʻtmoqda. Sessiya ishida tuman Kengashi deputatlari, sektorlar rahbarlari, hokim oʻrinbosarlari, tegishli tashkilotlar rahbarlari, mahalla fuqarolar yigʻinlari raislari, ommaviy axborot vositalari vakillari hamda komissiya tarkibiga tavsiya etilayotgan nomzodlar ishtirok etdilar.

Sessiya ishida deputatlar tomonidan 2021 yil 24 oktyabrda Chust tumanida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini oʻtkazuvchi uchastka saylov komissiyalari tarkibiga nomzodlarni tavsiya etish toʻgʻrisidagi masala koʻrib chiqildi.

Tumanda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini oʻtkazuvchi 6-Namangan saylov okrugini qarori bilan 90 ta saylov uchastkasi joylashgan binolar, saylov uchastkalari biriktirilgan mahalla fuqarolari yigʻinlari koʻchalari va saylovchilar soni haqidagi qarori qabul qilinib, matbuotda eʼlon qilingan.

Saylov kodeksining tegishli moddalariga muvofiq, fuqarolarni oʻzini-oʻzi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar rahbarlarining takliflarini inobatga olgan holda uchastka saylov komissiyasi tarkibiga nomzodlar Kengash muhokamasiga kiritildi.

Sessiya davomida deputatlar tomonidan uchastka saylov komissiyalari tarkibini tasdiqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini oʻtkazuvchi 6-Namangan saylov okrugiga tavsiya etish toʻgʻrisida qaror qabul qilindi.

Chust tuman hokimlik Axborot xizmati

Fikr bildirish