Rossiyaga ishga boruvchi fuqarolar 5 xil turdagi tibbiy koʻrikdan oʻtishi lozim edi
Bu haqda AOKAda oʻtkazilgan brifingda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi axborot xizmati rahbari Mavjuda Mirzayeva maʼlum qildi.
Taʼkidlanishicha, nomzodlarni ishga jalb qilish bilan bogʻliq, jumladan, tibbiy koʻrikdan oʻtkazish, emlash, rus tili, Rossiya tarixi va qonunchiligi boʻyicha imtihon topshirish, patent rasmiylashtirish va transport xarajatlari ish beruvchilar tomonidan qoplanishi koʻzda tutilmoqda. Shu paytgacha Rossiyaga ishga boruvchi fuqarolar patent hujjatini olishi uchun oʻsha mamlakatda 5 xil turdagi tibbiy koʻrikdan oʻtishi hamda barmoq izini ichki ishlar bazasiga kiritishi uchun 1 oygacha boʻlgan muddat talab qilinardi. Endilikda shu kabi ishlar Oʻzbekistonda amalga oshiriladi, ishchilar tayyor holatda Rossiya mehnat bozoriga kirib boradi.
Mohigul Qosimova, OʻzA