Orifjon Joʻrayev «Eng ulugʻ, eng aziz – 2021» respublika tanlovi gʻolibi boʻldi.
1 min read

Orifjon Joʻrayev «Eng ulugʻ, eng aziz – 2021» respublika tanlovi gʻolibi boʻldi.

Kuni kecha poytaxtimizdagi muhtasham Oʻzbekiston Milliy matbuot markazida Vatanimiz mustaqilligining oʻttiz yilligiga bagʻishlab oʻtkazilgan «Eng ulugʻ, eng aziz» anʼanaviy koʻrik-tanlovining respublika bosqichi gʻolib va sovrindorlarini taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.

Tanlovda «Yangi Oʻzbekiston» gazetasining Namangan viloyati boʻyicha muxbiri, «Namangan sadosi» gazetasi muharriri Orifjon JOʻRAYEV «Bosma OAV xodimlarining jurnalistik ishlari» yoʻnalishida faxrli oʻringa munosib koʻrildi.

Uning «Yangi Oʻzbekiston» gazetasida Namanganda amalga oshirilayotgan keng islohotlar samaralari, viloyat ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy hayotiga oid, qizgʻin bunyodkorlik jarayonlariga bagʻishlab chop etilgan tahliliy maqolalari yuqori baholanganidan xursandmiz.

Fursatdan foydalanib, hamkasbimizni navbatdagi yuksak eʼtirof bilan samimiy qutlab, ijodiy ishlariga muvaffaqiyat tilaymiz!

 

 

Fikr bildirish