Namangan viloyat adliya boshqarmasi tashabbusi bilan Namangan viloyatida sektorlar  boʻyicha joriy yilning 17-18 sentyabr kunlari uchastka Saylov komissiyasining barcha aʼzolarining huquqiy bilimlarini oshirish  maqsadida seminar-treninglar tashkil etish jadvali tasdiqlandi.
1 min read

Mazkur jadvali Adliya boshqarmasi hamda 6-Namangan okrug Saylov komissiyasi tomonidan tasdiqlanib, ayni vaqtda viloyatning 14 ta tuman shahar hududida oʻquv seminarlar oʻtkazilmoqda.

Maʼlumot uchun: Namangan viloyatida 831 ta Saylov uchastkasi tuzilgan boʻlib, komissiya aʼzoligi uchun 11148 nafar nomzod tasdiqlangan.

Seminarlarda Adliya boshqarmasi va hududlardagi Adliya boʻlimlari xodimlari tomonidan oʻqitilib, xar bir oʻquv seminar avvaldan ishlab chiqilgan oʻquv dasturi asosida oʻtkazilmoqda. Unda Saylov qonunchiligining huquqiy asoslari yuzasidan batafsil axborot berilmoqda.

Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy Saylov komissiyasining 2021 yil 14 apreldagi 1066-son Qarori talablari yuzasidan tayyorlangan slayd taqdimotlari va videoroliklar namoyish etilmoqda.

Namangan viloyat adliya boshqarmasi

Fikr bildirish