Jiydakapadagi filial xalqqa yaqindan xizmat qilish uchun oʻz eshiklarini ochdi.
1 min read

Jiydakapadagi filial xalqqa yaqindan xizmat qilish uchun oʻz eshiklarini ochdi.

Davlat xizmatlari agentligi tomonidan aholi va tadbirkorlik subʼektlariga bir qator qulayliklar yaratilmoqda. Undan esa fuqarolarimiz emin erkin foydalanmoqda. Aholining uzogʻini yaqin, mushkulini oson qilish yoʻlidagi saʼy-harakatlar oʻz samarasini berib, markazdan uzoqda joylashgan hududlarda Davlat xizmatlari markazlarining filiallari faoliyati yoʻlga qoʻyilyapti. Ana shunday zamonaviy filial 35 mingga yaqin aholi istiqomat qiladigan 9 ta mahalla fuqarolar yigʻiniga davlat xizmatlarini koʻrsatadi.

Aholini uzogʻini yaqin qilish yoʻlida olib borilayotgan ishlar bizni nihoyatda quvontirdi. Toʻgʻrisi, davlat xizmatlari markazida koʻrsatilayotgan xizmatlardan oʻz mahallamda foydalanaman deb aslo oʻylamagan edim. Shu kunlarga ham yetib keldik. Uychi tuman davlat xizmatlari markazi xodimlari uyma-uy targʻibot tadbirlarini olib borganida hayron qolgan edim. Shunda ular hali vaqtlar kelib, mahallada davlat xizmati koʻrsatamiz deganida ishonmagan edik. Mana endi markazning “Jiydakapa” filiali faoliyati yoʻlga qoʻyilganini eshitib, oʻz koʻzim bilan koʻrgani keldim. Quvonarlisi, markazda koʻrsatiladigan xizmatlarning deyarli barchasini shu moʻjazgina xonada olish imkoniyati bor. Endi aholimiz 17 kilometr yoʻl bosib, tuman markaziga borishga hojat qolmadi. Ochigʻini aytadigan boʻlsam, borish kelish uchun sarflanadigan yoʻl haqqi va xizmat olish uchun ketadigan vaqt bizni foydamizga xizmat qiladigan boʻldi deydi, jiydakapalik tadbirkor Mohidil Isoqova.

Uychi tuman davlat xizmatlari markazining “Jiydakapa” filiali haftaning chorshanba, juma kunlari mahallada davlat xizmatlarini koʻrsatadi. Shuningdek, aholi va tadbirkorlarga bepul huquqiy maslahatlarni berib boradi.

DAVLAT XIZMATLARI MARKAZI NAMANGAN VILOYATI BOSHQARMASI

 

Fikr bildirish