Butunjahon tozalik kuni –  bu insoniyat oʻzi yashab turgan hududda tozalikni oʻrnatish gʻoyasini ifoda etadi.
1 min read

Butunjahon tozalik kuni – bu insoniyat oʻzi yashab turgan hududda tozalikni oʻrnatish gʻoyasini ifoda etadi.

Gʻoya dastavval 2008 yil Estoniyada vujudga kelib, 50 000 koʻngillilar mamlakatni chiqindilardan xoli etish uchun birlashdilar.

Bugungi kunga kelib mazkur kun koʻngillilarning bir kun davomida 180 dan ortiq mamlakatni bir maqsad sari birlashtiruvchi yirik ijtimoiy harakatiga aylandi. Oʻzbekistonda ilk marta 2019 yil 21 sentyabr kuni butun respublika boʻylab oʻtkazildi. Butunjahon tozalik kuni har yili sentyabr oyining uchinchi shanbasida oʻtkaziladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Ichki ishlar vazirligi, Oʻzbekiston ekologik partiyasi atrof-muhitga befarq boʻlmagan davlat, biznes-tuzilma vakillari, jamoatchilik tashkilotlari hamda faol fuqarolarni xalqaro hamjamiyat bilan bir qatorda 2021 yilning 18 sentyabr kuni Butunjahon tozalik kunida faol ishtirok etishga taklif etadi.

Fikr bildirish