OʻzLiDeP deputatlari ilgʻor terimchilarni ragʻbatlantirishdi
1 min read

OʻzLiDeP deputatlari ilgʻor terimchilarni ragʻbatlantirishdi

Ayni paytda mamlakatimizning barcha hududlari qatori Namangan viloyatida ham paxta-yigʻim terimi jadallik bilan olib borilmoqda. Bu jarayonda esa terimchilarni ragʻbatlantirish, ularni qoʻllab-quvvatlash muhim ahamiyat kasb etadi.

Xalq deputatlari Mahalliy Kengashi deputatlari Olimxon Babaxanov va Gʻiyosiddin Babaxanovlar tashabbusi bilan Mingbuloq tumani paxta dalalarida oq-oltin xirmoniga munosib hissa qoʻshib, tinimsiz mehnat qilayotgan terimchilar bilan uchrashuvlar tashkil etildi.

Uchrashuvda terimchilarga yaratilgan mehnat sharoitlari bilan tanishib, ularning milliy boyligimizni betalofat yigʻishtirib olishdagi mehnatlari eʼtirof etildi.

Uchrashuv soʻnggida bir guruh ilgʻor terimchilarga deputatlarning sovgʻalari ulashildi.

Fikr bildirish