NAMANGANDA SUYULTIRILGAN GAZ YETKAZIB BERISHNING ONLAYN TIZIMI ISHGA TUSHIRILDI
1 min read

NAMANGANDA SUYULTIRILGAN GAZ YETKAZIB BERISHNING ONLAYN TIZIMI ISHGA TUSHIRILDI

Namangan viloyatida 414418 nafar suyultirilgan gaz iste’molchilari mavjud. Suyultirilgan gaz hisobini yuritishda avtomatlashtirilgan nazorat tizimini tadbiq qilish maqsadida 466980 dona maishiy gaz ballonlari bar-kodli yorliqlar bilan ta’minlanib, 401487 ta iste’molchi ID kartalar bilan ta’minlandi. Hozirda mazkur tizim ishga tushirilib, viloyatning barcha hududlarida onlayn tarzda suyultirilgan gaz yetkazib berilmoqda.

Eslatib o’tamiz, ID kartaga Paynet, Payme, Click, turli xil mobil ilovalar hamda bank shoxobchalari orqali pul o’tkazish mumkin.

 

Viloyatdagi suyultirilgan gaz iste’molchilari joriy yil boshidan hozirga qadar 45753 tonnadan ziyod suyultirilgan gaz bilan ta’minlandi.

Suyultirilgan gaz yetkazib berishning onlayn tizimi barcha iste’molchilar uchun qulay bo’lib, ortiqcha ovoragarchiliklarni oldini oladi. Albatta, mazkur jarayonlar iste’molchi manfaati uchun xizmat qiladi, desak xato bo’lmaydi.

«Hududgaz Namangan» gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati

Fikr bildirish