Deputatlar 85 nafar keksa nuroniylar holidan xabar olishdi
1 min read

Deputatlar 85 nafar keksa nuroniylar holidan xabar olishdi

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Keksa avlod vakillarining jamiyatdagi oʻrni va ijtimoiy faolligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan, joriy yilning 4-10 oktyabr kunlari respublikamizning barcha hududida “Keksalar haftaligi” oʻtkazilmoqda.

Ayni, shu maqsadda  Xalq deputatlari Mahalliy Kengashi deputatlari Olimxon Babaxanov va Gʻiyosiddin Babaxanovlar tashabbusi bilan Namangan shahridagi  Sohibkor, Chinor, Sharq tongi, Chorsu, Amir Temur, Gulpora, Gʻishtkoʻprik, Sumalak guzari, Madaniy va Sharshara mahallalarida “Keksalarni eʼzozlash, ularga hurmat – ehtirom koʻrsatish – xalqimizga xos ezgu fazilat” gʻoyasi ostida madaniy-maʼrifiy va xayriya tadbirlari tashkil etildi.

Tadbirlar davomida mahallalardagi boquvchisini yoʻqotgan, yakka-yolgʻiz va bemor yotgan 67 nafar keksalar xolidan xabar olindi. Shuningdek uzoq yillar tinch-totuv, ibratli hayot kechirib kelayotgan 18 nafar keksa-nuroniylar ragʻbatlantirildi.

Nuroniy otaxon va onaxonlar duoga qoʻl ochib, bugungi kunda yurtimizda keksa avlod vakillarini xar tomonlama qoʻllab-quvvatlash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlarga shukronalar aytib, yurtimiz tinch, dasturxonimiz toʻkin va farzandlarimiz baxtli hayot kechirishini tilashdi.

Bu kabi tadbirlar davom etmoqda.

 

 

Fikr bildirish