Deputatlarga bildirilgan 41 ta murojaatlarning aksariyat qismi joyida hal etildi
1 min read

Deputatlarga bildirilgan 41 ta murojaatlarning aksariyat qismi joyida hal etildi

Aholi vakillarining murojaatlari bilan ishlash, ularni qiynab kelayotgan muammolarni aniqlash va bartaraf etishga koʻmaklashishni oʻz oldiga maqsad qilib qoʻygan Xalq deputatlari Mahalliy Kengashi deputatlari Olimxon Babaxanov va Gʻiyosiddin Babaxanovlar tomonidan joriy yilning 3-choragi davomida deputat qabulxonasi va uchrashuvlarda fuqarolar tomonidan bildirilgan 41 ta murojaatlarning aksariyat qismi joyida hal etildi.

– “Sumalak guzari” va “Gulpora”mahallasi koʻchalaridagi ichimlik suvi quvurlarini taʼmirlash va yangilashda amaliy yordam berish yuzasidan bildirilgan murojaat boʻyicha homiylik asosida 450 metr suv quvurlari homiylik asosida olib berildi

– ehtiyojmand, uzoq yildan buyon bemor va nogironligi boʻlgan 6 nafar fuqarolarning davolanish uchun dori-darmon sotib olishga yordam berish borasidagi masalasi joyida hal etilib, ularga homiylik mablagʻlari berildi.

– “Ayollar daftari”da turuvchi ishsiz xotin-qizlarni uy sharoitida ish bilan taʼminlash boʻyicha bildirilgan murojaat asosida “Amir Temur” mahallasidagi imtiyozli kredit asosida tikuv mashinasi olgan 5 nafar ayollarga xomiylik asosida xom-ashyo materiallari yetkazib berilib, ularni tikuvchilik faoliyatini yoʻlga qoʻyishiga koʻmaklashildi.

Shuningdek mahallalardagi tabiiy gaz bilan taʼminlash, elektr energiyasi va suv taʼminotini yaxshilash yuzasidan bildirilgan murojaat asosida tegishli mutasaddilarga deputatlik soʻrovi yuborilib, ijrosi nazoratga olindi.

Ish topishda yordam soʻragan 8 nafar fuqarolar “Art soft tex” MCHJ ishlab chiqarish korxonasidagi boʻsh ish oʻrinlarga ishga taklif etildi. Imtiyozli kredit olish, tadbirkorlik faoliyatini boshlash va arzon uy-joy olish boʻyicha bildirilgan murojaatlar yuzasidan tegishli tushuntirish va tavsiyalar berildi.

Bundan tashqari “temir daftar”, “ayollar daftari” va “yoshlar daftari”ga kiritilgan xonadonlarni xar tomonlama qoʻllab-quvvatlash maqsadida 80 nafar nogironligi boʻlgan shaxslar, bemorlar va boquvchisini yoʻqotgan xotin-qizlar holidan xabar olindi. Ehtiyojmand xonadonlarning 6 nafar farzandlariga maktab formalari olib berildi.

Fikr bildirish