Viloyatimizda  636 nafar jismoniy va ruhiy rivojlanishdan orqada qolgan bola viloyat Maktabgacha taʼlim boshqarmasiga qarashli 7 ta Ixtisoslashtirilgan koʻp tarmoqli maktabgacha taʼlim tashkilotiga qamrab olingan. Bu shundan dalolatki, oʻzbek diyorida hech bir oʻksik qalb, ayniqsa, nogiron bola eʼtibordan chetda qolgan emas.
1 min read

Yaqinda Maktabgacha taʼlim vazirligi tashabbusi bilan Koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlari (KTIMTT) tarbiyalanuvchilari uchun 13 turdagi, jami 263 dona, umumiy qiymati esa, 1 milliard 865 million 600 ming soʻmlik zamonaviy protez-ortopediya moslamalari olib kelindi va ular hududlarda joylashgan maxsus bogʻchalarga yetkazib berildi.

Bu ezgu va savobli ish – nogironligi boʻlgan bolalarni ijtimoiy hayotga har tomonlama moslashtirish, ularning hayotini yengillashtirishga qaratilgandir. Bu esa qanchadan-qancha koʻngillarga yupanch, koʻzlarga quvonch, qalblarga minnatdorlik hissini baxsh etadi.

Saidolim ABDURAHMONOV,

Namangan viloyat MTB Axborot xizmati rahbari

Fikr bildirish