Namangan davlat universitet faollar zalida Pedagogika psixologiya fakulteti ayol oʻqituvchilari va talaba  qizlari oʻrtasida “Talaba- qizlarni milliy qadriyatlar asosida tarbiyalash” mavzusida davra suhbati oʻtkazildi.
1 min read

Namangan davlat universitet faollar zalida Pedagogika psixologiya fakulteti ayol oʻqituvchilari va talaba qizlari oʻrtasida “Talaba- qizlarni milliy qadriyatlar asosida tarbiyalash” mavzusida davra suhbati oʻtkazildi.

Suhbatni universitet xotin qizlar kengashi raisi Saodat Usmonova olib bordi. Oliy taʼlim vaziri A. Toshqulov tomonidan oʻtkazilgan videoselektor mazmuni toʻgʻrisida toʻxtaldi. Shuningdek, u talaba qizlarning yurish- turishi, salomlashish madaniyati, kiyinish madaniyati haqida fikr bildirdi.

Davra suhbatida pedagogika kafedrasi professori U.Asqarova, Psixologiya kafedrasi mudiri A Turgʻunboyeva, K

katta oʻqituvchi Z.Kurbonova, fakultet xotin- qizlar masalalari boʻyicha dekan maslahatchisi M.Mahsudovalar soʻzga chiqib, talaba qizlarning maʼnaviy qiyofasi, muomala va kiyinish madaniyati, kitob oʻqishga, bilim olishga boʻlgan munosabat, Milliy qadriyatlarning yoshlar hayotidagi oʻrni, ota- onalarning ishonchini oqlash, ustoz- shogird tizimini kuchaytirish, toʻgaraklar faoliyatini qaytadan koʻrib chiqish kabi dolzarb masalalar haqida oʻz fikr mulohazalarini bildirdilar.

 Talaba qizlar ham fikr bildirib oʻtdilar.

Muhayyo Boltayeva

Pedagogika fanlari nomzodi, dotsent. 

Pedagogika psixologiya fakulteti dekani

Fikr bildirish