1 noyabrdan Oʻzbekistonda nimalar oʻzgaradi?
4 mins read

1 noyabrdan Oʻzbekistonda nimalar oʻzgaradi?

Prezident arzongarchilikka yoʻl ochuvchi qonunni imzoladi

Toʻyga taklifnoma keldi, borasizmi?!

Yangi saylov tizimi: qonunchilikdagi afzalliklar qanday?

Namangan viloyati sogʻliqni saqlash tizimida muhim tayinlovlar amalga oshirildi

Bosh sahifa Iqtisodiyot 1 noyabrdan Oʻzbekistonda nimalar oʻzgaradi?

1 noyabrdan Oʻzbekistonda nimalar oʻzgaradi?

Quyida eʼtiboringizga, 2021 yil 1 noyabr kunidan kuchga kiradigan milliy qonunchilikdagi asosiy oʻzgarishlar sharhini taqdim etamiz:

Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari – mahalla fuqarolar yigʻinlari xodimlarining ish haqi oshirildi

Hududida xonadonlar soni mingta va undan ortiq boʻlgan fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari xodimlarining oylik lavozim maoshlarini 35%ga oshiriladi;

tuman (shahar) mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimlari huzurida yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari xodimlarini ragʻbatlantirish jamgʻarmasini tashkil etiladi.

Mahsulot sifati ustidan nazorat kuchaytiriladi

Ichki bozorga sifatli va xavfsiz mahsulot olib kirilishini taʼminlash uchun:

xavflilik darajasi yuqori boʻlgan ayrim turdagi mahsulotlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazgandan soʻng respublika hududiga erkin muomalaga chiqarish tartibi joriy etiladi;

Oʻzbekistonning rezidentlariga xavflilik darajasi yuqori boʻlmagan ayrim turdagi mahsulotlarni akkreditatsiya qilingan muvofiqlikni baholash organlarida muvofiqlik sertifikatini bir marta rasmiylashtirgan holda 24 oy davomida import qilishga ruxsat etiladi;

majburiy talablarga nomuvofiq deb topilgan mahsulotlar roʻyxati shakllantiriladi.

Tekshiruvlar soni oshirildi

Tekshiruvlarni elektron roʻyxatga olish yagona tizimida roʻyxatdan oʻtkazish orqali vakolatli organni xabardor etish tartibida oʻtkaziladigan tekshiruvlar roʻyxatiga kiritilgan qoʻshimchalar kuchga kiradi. Yoʻl qurilishida texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga rioya etilishi, suv taʼminoti tizimlari, elektr, gaz tarmoqlariga noqonuniy ulanish, hisoblash moslamalari koʻrsatkichlarini oʻzgartirish maqsadida ularga tashqaridan aralashish holatlari va boshqalar tekshiriladi.

Vaqtida koʻrsatilmagan davlat xizmatlari uchun pullar qaytariladi

“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” ATda roʻyxatga olingan shaxslarga, I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslarga davlat xizmatlari markazlari va (yoki) YAIDXP orqali davlat xizmatlarini koʻrsatishda qonunchilik hujjatlarida belgilangan davlat bojlari, yigʻimlar va boshqa har qanday toʻlovlar boʻyicha 50% miqdorida chegirma taqdim etiladi;

davlat xizmatlari markazlari, «Litsenziya» AT hamda YAIDXP orqali koʻrsatilayotgan davlat xizmatlari 3 ish kunidan ortiq vaqtga kechiktirilganda, ariza beruvchilarga xizmatdan foydalanish uchun toʻlangan davlat bojlari, yigʻimlar va boshqa har qanday toʻlovlarning 50%i ularga bir ish kunida qaytariladi. Ularga tegishli davlat xizmati toʻliq hajmda koʻrsatiladi.

Nodavlat tibbiyot tashkilotlari uchun xizmatlar roʻyxati kengaytirildi

Ularga imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslarga Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan respublika ixtisoslashtirilgan koʻz mikroxirurgiyasi va urologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari tomonidan koʻrsatiladigan tibbiy xizmatlar koʻrsatilishiga ruxsat beriladi.

Quruvchilardan soliqchilar uchun yana bitta hisobot

Qurilish tashkilotlari va qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi korxonalar foydalanilgan noruda qazilmalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni DSQ tomonidan tasdiqlangan shakllarda soliq organlariga elektron shaklda soliq toʻlovchilarning shaxsiy kabineti orqali taqdim etishlari kerak boʻladi.

Yetim bolalar jamgʻarmalar tomonidan qoʻllab-quvvatlanadi

Qoraqalpogʻiston Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan “Mehr daftari”ga kiritilgan yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmalari tashkil etiladi.

Metall prokatiga yangi talablar qoʻyildi.

Qurilish uchun metall prokati ishlab chiqaruvchi korxonalarda poʻlat va tayyor mahsulotlarning har bir partiyasini sifat nazoratidan oʻtkazish uchun akkreditatsiya qilingan sinov laboratoriyalari ochiladi.

Mehnat bozori tadqiqotlari instituti nima bilan shugʻullanadi

Institutga quyidagilarni shakllantirish va yuritish yuklatiladi:

malakali kadrlarga boʻlgan ehtiyojni baholovchi tizim hamda kasbiy standartlarni va mustaqil malaka baholashning maʼlumotlar bazasini;

mehnat migratsiyasida talab yuqori boʻlgan kasblar toʻgʻrisida yagona maʼlumotlar bazasini.

Bir qator imtiyozlar bekor qilindi

Bir qator mahsulotlar uchun bojxona toʻlovlaridan (QQS va bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlaridan tashqari) ozod etish boʻyicha imtiyozlarning amal qilishi toʻxtatiladi. Roʻyxatga naslli ona baliq, baliq uvuldirigʻi, baliqchilik xoʻjaliklari ehtiyoji uchun omuxta yem va mineral oʻgʻit (ammofos), naslli ona tovuq, parrandachilik xoʻjaliklari ehtiyoji uchun parranda ozuqasi, veterinariya preparatlari va boshqalar kiritildi.

© namangan24.uz

 

 

 

Fikr bildirish