Tibbiyot xodimlari deputatlarning esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi
1 min read

Tibbiyot xodimlari deputatlarning esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi

Bugungi kunda mamlakatimizda tibbiyot sohasi vakillarini ragʻbatlantirish va qoʻllab-quvvatlash, jamiyatdagi oʻrni va maqomini kuchaytirish, ularga munosib mehnat sharoiti yaratish va daromadini koʻpaytirishga alohida eʼtibor qaratilib, xalq salomatligi yoʻlida xizmat koʻrsatib kelayotgan tibbiyot xodimlarining mehnati yuqori baholanib kelinmoqda.

Butun dunyo hamjamiyati, shu jumladan bizning yurtimiz xam ogʻir, sinovli kunlarni boshdan oʻtkazmoqda. Koronavirus infeksiyasi yurtimizga kirib kelgan ilk kunlardan Davlatimiz rahbari tibbiyot xodimlarini “virusga qarshi kurash maydonining eng oldi qatoridagi qahramon jangchilarga qiyoslab”, ularni qoʻllab-quvvatlash borasida qator qarorlar qabul qildilar.

Bu xam boʻlsa bemorlar hayoti uchun oʻz jonini xatarga qoʻyib, xalq sogʻligʻi yoʻlida tinimsiz mehnat qilayotgan tibbiyot xodimlarini har tomonlama ragʻbatlantirishning yaqqol ifodasidir.

Bugun Xalq deputatlari mahalliy Kengashi deputatlari Olimxon Babaxanov va Gʻiyosiddin Babaxanovlar tashabbusi bilan har yili noyabr oyining ikkinchi yakshanbasida nishonlanadigan Tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan saylov okrugi hududidagi 2-4-9-14-sonli Oilaviy poliklinikalarida faoliyat koʻrsatib kelayotgan tibbiyot xodimlari uchun bayram tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda inson uchun ulugʻ neʼmat boʻlgan salomatlik posbonlari shifokorlar eng sharafli va masʼuliyatli kasb egalari ekanliklari taʼkidlandi. Ayniqsa, ularning koronavirus pandemiyasi davrida koʻrsatgan matonatlari va xizmatlari alohida eʼtirof etildi.

Aholi salomatligini mustahkamlash yoʻlida samarali mehnat qilib kelayotgan bir guruh oila shifokorlari, patronaj hamshiralari hamda kichik tibbiyot xodimlari deputatlarning esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.

Fikr bildirish