Pingvin Antarktikadan Yangi Zelandiyagacha 3 ming kmni bosib o‘tdi
1 min read

Pingvin Antarktikadan Yangi Zelandiyagacha 3 ming kmni bosib o‘tdi

▪️Qirg‘oqda yotgan pingvinni shu atrofda yashaydigan Harri Singx ko‘rib qoladi. «Pingvin qimirlamaguncha uni yumshoq o‘yinchoq bo‘lsa kerak, deb o‘ylovdim», deydi Harri. Pingvin hozir xavfsiz joyda saqlanyapti.

Bunaqasi tarixda juda kam bo‘lgan. Bu pingvin shu paytgacha Yangi Zelandiya qirg‘oqlarigacha kelib qolgan 3-pingvin bo‘ldi. Bundan oldin faqat 1962- va 1993-yillarda pingvinlar kelib qolgan.

Ekspertlarning aytishicha, agar kelajakda yana pingvinlarning bunday uzoq yo‘lni bosib o‘tib Yangi Zelandiyaga kelib qolishi kuzatilsa, bu xavotirli signal bo‘ladi.

Fikr bildirish