Fuqaroga 58 ming dollarga yer olib berishni va’da qilgan firibgar ushlandi
1 min read

Fuqaroga 58 ming dollarga yer olib berishni va’da qilgan firibgar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Namangan viloyat boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, “Sh.” bog‘dorchilik-uzumchilik shirkati a’zosi K.U. o‘zi va qo‘shnisiga tegishli bo‘lgan Toshkent viloyati, Piskent tumanida joylashgan jami 1,2 gektar yer maydonini fuqaro U. ga firibgarlik yo‘li bilan 58 200 dollarga sotishga kelishib, tanishlari yordamida yerga egalik huquqini beruvchi hujjatlarni tayyorlab berishi evaziga oldindan 10 000 dollar va 75 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi va 28, 211-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

 

Fikr bildirish