Namangan viloyati Davlatobod tumanida «Malibu» yonib ketdi
1 min read

Namangan viloyati Davlatobod tumanida «Malibu» yonib ketdi

13-noyabr kuni soat 4:00 larda Namangan shahar FVBga Davlatobod tuman, «Yuksalish» Mahalla fuqarolar yig‘ini, Yoshlar ko‘chasi, uy oldidagi avtoturargohda «Malibu» mashinasida yong‘in sodir bo‘layotganligi haqida xabar kelib tushgan.

Yong‘in qutqaruvchilar tomonidan bartaraf etilgan. Yong‘in natijasida mashinaning salon qismi to‘liq, mator hamda ustki qismi qisman yonib zararlangan.

Hozirda sodir bo‘lgan yong‘in yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

© Namangan FVB

Fikr bildirish