Oʻzbek sartaroshi Ginnesning rekordlar kitobiga kiradi
1 min read

Oʻzbek sartaroshi Ginnesning rekordlar kitobiga kiradi

Mashhur oʻzbekistonlik sartarosh Shuhrat Ismatillayev oʻn soatda 100 kishining sochini olishni maqsad qildi va buni amalga oshirdi.

Bu natija bilan u Ginnesning rekordlar kitobiga kirishi kutilmoqda.

Shuhrat Ismatillayev 28 yoshda. Professional doiralarda u sartaroshlik boʻyicha xalqaro chempionatlarning gʻolibi sifatida tanilgan.

Shuhrat Ismatillayev oʻz faoliyatini Toshkent viloyati, Yangiyoʻl tumanidagi goʻzallik salonlaridan birida boshlagan. Bir yil oʻtgach esa u kasb mahoratini oshirish uchun Sankt-Peterburgga boradi. Ismatillayev 2018 yilning oxirigacha Rossiyada yashab, mehnat qilgan.

 

Fikr bildirish