«Damas» urib ketgan velosipedchi voqea joyida vafot etdi
1 min read

«Damas» urib ketgan velosipedchi voqea joyida vafot etdi

12-noyabr kuni soat 16:45 larda, To‘raqo‘rg‘on tumani «Obodon» MFY hududida 1986-yilda tug‘ilgan fuqaro «Damas» mashinasini boshqarib borayotib, harakat xavfsizligini ta’minlay olmay, yo‘lni kesib o‘tayotgan velosipeddagi fuqaroni urib yuborgan.

Natijada, velosipedchi olgan tan jarohati oqibatida voqea joyida vafot etgan.

Ushbu holat bo‘yicha Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo’zg’atildi.

 

 

Fikr bildirish