O‘zbekistonda har yili 30 mingga yaqin odam chekish bilan bog‘liq kasalliklardan vafot etadi
1 min read

O‘zbekistonda har yili 30 mingga yaqin odam chekish bilan bog‘liq kasalliklardan vafot etadi

Respublika salomatlik va tibbiy statistika instituti maʼlumotiga ko‘ra, yurtimizdagi jami erkaklarning 23 foizi va ayollarning esa 1 foizi chekuvchilardir. Mamlakatimizda har yili 30 mingga yaqin kishi aynan chekish bilan bog‘liq kasalliklar tufayli olamdan o‘tadi. Ayniqsa, keyingi paytlarda yoshlarning elektron sigaretalar, nikotinli snyuslarga ruju qo‘yishi ko‘paymoqda.

Mutaxassislarning bildirishicha, elektron sigareta chekuvchilar keyinchalik odatiy sigaretalarni ikki baravar ko‘proq cheka boshlaydilar. Bu esa yosh avlodning nikotinga qaramlik darajasi yanada ko‘tarilishiga olib keladi.

Manba: Milliy Tiklanish

 

 

Fikr bildirish