“Davlatimiz bayrogʻi – faxrimiz, iftixorimiz”
1 min read

“Davlatimiz bayrogʻi – faxrimiz, iftixorimiz”

Mamlakatimizda har yili 18 noyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi davlat bayrogʻi qabul qilingan kun sifatida keng nishonlanadi.

Davlatimiz bayrogʻining 30 yilligi munosabati bilan Xalq deputatlari mahalliy Kengashi deputatlari Olimxon Babaxanov va Gʻiyosiddin Babaxanovlar tashabbusi bilan saylangan okrugi hududidagi 43-46-22-15-sonli umumtaʼlim maktablari, 4-DIUM va 1-DIMI oʻquvchilari oʻrtasida “Davlatimiz bayrogʻi – faxrimiz, iftixorimiz” mavzusida insholar tanlovi oʻtkazildi.

Tanlov yakuniy taqdirlash marosimi 4-Davlat ixtisoslashgan umumtaʼlim maktabida boʻlib oʻtdi. Tadbir avvalida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi yangrab, Davlat bayrogʻi koʻtarildi.

Tadbirning madaniy-maʼrifiy qismi maktab oʻquvchilari tomonidan Davlatimiz barogʻini madh etuvchi sheʼr va qoʻshiqlar bilan boshlandi.

Tadbirda Davlatchiligimiz tarixining qaysi davrini olib qaramaylik, bayroq ajdodlarimiz uchun ozodlik, kuch-qudrat, jasorat, gʻalaba timsoli boʻlganligi, yurt bayrogʻini muqaddas bilib, uni koʻz qorachigʻidek asrash har bir fuqaroning burchi ekanligi taʼkidlandi.

Tadbir soʻnggida insholar tanlovi gʻoliblari va faol ishtirokchilari deputatlarning tashakkurnoma va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.

 

Fikr bildirish