Abdurazzоqov boshchiligidagi delegatsiya Rossiyada 60 mln dollarlik kelishuv imzoladi
1 min read

Abdurazzоqov boshchiligidagi delegatsiya Rossiyada 60 mln dollarlik kelishuv imzoladi

17 noyabr kuni Moskva shahrida Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov hamda Rossiyaning “Siberian Wellness” kompaniyasi bosh direktori Natalya Goroxovskaya o‘rtasida rasmiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Mazkur uchrashuvda Namangan viloyatida “Siberian Wellness” kompaniyasi bilan hamkorlikda meva-sabzavot klasterini tashkil etish, xususan, intensiv bog‘, meva-sabzavotlarni qayta ishlash, kalibrovka qilish hamda zamonaviy muzlatgich tashkil etish bo‘yicha qiymati 60 mln dollar bo‘lgan loyihani amalga oshirish haqida kelishuv imzolandi.

Ushbu yirik mega loyiha 2022-2023 yillarda to‘liq amalga oshirilishi aytib o`tilgan.

 

Fikr bildirish