13 mln so’mlik tilla taqinchoqlar firibgar qo’liga tushdi
1 min read

13 mln so’mlik tilla taqinchoqlar firibgar qo’liga tushdi

26-avgust kuni, Namangan shahrida yashovchi, fuqaro tilla-taqinchoqlar bozorida 1982-yilda tug‘ilgan fuqaroga narxi 13.200.000 so‘mlik tilla uzuk va trossini sotishga kelishadi. Sotib olgan fuqaro esa pulni kechqurun berishini aytib, tilla-taqinchoqlarini boshqa shaxsga sotib yuboradi va pullarni ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgan. Ushbu fuqaro shu yil iyul oyida ham firibgarlik qilib, Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi bilan sudlangan bo’lgan.

Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar IIO FMB huzuridagi tergov bo’limi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

 

Fikr bildirish