“O‘zbekneftgaz” AYQSHlarida AI-80 benzini narxi 6500 so‘mga tushirildi
▪️Narx 26-noyabrdan beri 6890 so‘m edi. Biroq ko‘plab shoxobchalarda tushdan keyin AI-80 benzin topilmayotgandi. Kompaniya tanqislikni bartaraf etish choralari ko‘rilayotganini ham ma’lum qilgan. “O‘zbekneftgaz” matbuot kotibining Kun.uz’ga bildirishicha, AI-80 narxini yanada pasaytirish rejalashtirilmoqda.
Dunyodagi eng uzun temiryo‘l liniyasi qurildi
▪️Portugaliyaning Lagush shahridan boshlanadigan yo‘l Singapurgacha boradi. Bu liniya Laosning Boten va Ventyan shaharlari o‘rtasidagi qurilgan temiryo‘l sabab tarixdagi eng uzun temiryo‘lga aylandi. Temiryo‘l 13ta davlat hududidan o‘tadi, umumiy uzunligi 18 655 km. Bu masofani 3 haftada bosib o‘tish mumkin.
Tadbirkorlarga valyuta ayirboshlashga ruxsat berilishi kutilyapti
▪️Tegishli qaror loyihasiga ko‘ra, tadbirkorlarga valyuta ayirboshlashga ruxsat berish norasmiy operatsiyalarning oldini olish va xizmatlarning 24/7 rejimida ishlashi uchun yordam beradi. Loyiha tasdiqlansa, tadbirkorlar 2022-yildan valyuta ayirboshlash ishlari bilan rasman shug‘ullanishi mumkin.
Denovdagi portlash bo‘yicha 3 kishi qamoqqa olindi
▪️Bosh prokuraturaga ko‘ra,15-dekabrda Denov shahar gaz bo‘limi boshlig‘i va Hududgaz Surxondaryo gaz ta’minotining 2 nafar xodimiga JKning 116-, 214-moddalari bilan ayb qo‘yilgan. Portlashga savdo markazi ostidan tuman hokimligini ta’minlaydigan gaz quvuri o‘tganligi sabab bo‘lgani aytilgandi.
15-dekabr kuni Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi viloyat boʻlimi tashabbusi bilan Chust tumani Madaniyat saroyida umumtaʼlim maktablarining Ijodiy-madaniy masalalar boʻyicha targʻibotchilarning oʻquv-seminari oʻtkazildi
Chust, Pop, Mingbuloq tumanlari maktablarida faoliyat olib borayotgan targʻibotchilar oʻquv seminari jarayonida faoliyatni yanada jonlantirish boʻyicha kerakli tavsiyalarni oldilar. Oʻquvda pedagog Muhammadxoʻja Saidbayev, Oʻzbekiston Yozuvchilari uyushmasi viloyat boʻlimi vakilasi, shoira Ruqiya Gʻoziyeva, RMMM viloyat boʻlimi vakili Akramjon Melibayev ishtirok etdilar. Oʻquvni RMMM tuman boʻlinmasi rahbari S.Nasimxonova ochdi va ishtirokchilarni oʻquvlarda faollikka chorladi. Shu kuni shunday […]
Denovdagi portlagan savdo markazi ostidan tuman hokimligini ta’minlaydigan gaz quvuri o‘tgan
▪️Qurilish qoidalariga ko‘ra, inshoot xavfsiz bo‘lishi uchun gaz quvuri bor joydan 4 metr uzoqda qurish kerak edi, dedi «Hududgaz Surxondaryo» gaz ta’minoti filiali direktori M.Mansurov. «Indenim» savdo markazi quvurning ustida qurilgani bois uning sozligini tekshirish imkoni bo‘lmagan. Bu esa gaz quvurida nuqsonlar paydo bo‘lib, undan gaz chiqishiga sabab bo‘lgan. Masala muhokama qilingan yig‘ilishda Surxondaryo viloyatida […]
Kontrakt to‘lash muddati 31-dekabrgacha uzaytirildi
▪️Bu – bakalavriat va magistratura talabalariga ham, super kontraktda o‘qimoqchi bo‘lgan abituriyentlarga ham, o‘qishini ko‘chirganlarga ham taalluqli. 15-noyabrgacha koronavirusga qarshi to‘liq emlangan, lekin bu haqdagi sertifikatni OTMga vaqtida topshirmagan talabalarga ham kontrakt bo‘yicha 10 foiz chegirma beriladigan bo‘ldi.
Namangan viloyatida noyabr oyida qancha chaqaloq tugʻilgan?
Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2021-yil noyabr oyida qayd etilgan tugʻilishlar soni: 🔸Qoraqalpogʻiston R. – 3 826 ta 🔸Andijon viloyati – 7 645 ta 🔸Buxoro viloyati – 3 980 ta 🔸Jizzax viloyati – 3 409 ta 🔸Qashqadaryo viloyati – 7 822 ta 🔸Navoiy viloyati – 2 260 ta 🔸Namangan viloyati – 7 085 ta 🔸Samarqand […]
O‘zbekistonda 4 mln tonna radioaktiv chiqindi bor
▪️Bu chiqindi sovet davridagi uran konlari faoliyati davrida to‘planib qolgan. Bunday muammo boshqa sobiq sovet davlatlarida ham bor: masalan, Qozog‘istonda 240 mln tonna radioaktiv chiqindilar saqlangan, deb ma’lum qildi Sanoat xavfsizligi qo’mitasi. O‘zbekistondagi radioaktiv chiqindilar joylashgan hududlarni sog‘lomlashtirish uchun 2 mln yevro grant ajratilyapti.
Sog‘liqni saqlash vazirligi markaziy apparatining 40 foiz xodimi birdaniga ishdan bo‘shatildi
▪️Vazirlikda yetarli natija bera olmagan xodimlar ishdan olindi va ularga quyi tibbiyot muassasalarida ishlash taklifi berildi, deb xabar berdi vazirlik. Vazirlik aholidan kelayotga murojaatlarni tahlil qilib chiqqan. 11 oyda 57,6 ming murojaat kelgan bo‘lib, bu o‘tgan yilgidan 12 mingtaga ko‘p va aksari sifatsiz tibbiy xizmat haqida. Keyingi yildan viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmalari va tuman tibbiyot […]