2021
Dunyoning yashash uchun eng qimmat shahri ma’lum qilindi
▪️Isroilning Tel Aviv shahri birinchi marta dunyoning eng qimmat shahri deb topildi. Undan keyingi o‘rinlarni esa Parij va Singapur egallagan. Suriyadagi urushlardan so‘ng vayronaga aylangan Damashq shahri esa eng arzon shahar nomini saqlab qolgan. Reytingni tuzishda dunyoning 173ta shahridagi tovarlar va xizmatlar narxi dollarda taqqoslangan.
Shahar hokimiga sovg‘a qilingan Mercedes Google’da trendga chiqdi
▪️Ziyoda Latipova ismli ayol narxi taxminan $250 mingli Mercedes-Benz S500 Hybrid avtomobilini Jahongir Ortiqxo‘jayevga sovg‘a qilgandi. Hokimlik hadyani 30-noyabrda qabul qildi. Shundan keyin Google’ning O‘zbekiston segmentida Ziyoda Latipova va mashina haqida so‘rovlar ortgan. Daryo Google’dan qidirilgan «Mercedes», «Mercedes-Benz S500 Hybrid», «Latipova Ziyoda» va «Латипова Зиёда» so‘rovlarini taqqosladi. Unga ko‘ra, 30-noyabr 20:00–22:00da 4 kalit so‘z ichida […]
13 mln so’mlik tilla taqinchoqlar firibgar qo’liga tushdi
26-avgust kuni, Namangan shahrida yashovchi, fuqaro tilla-taqinchoqlar bozorida 1982-yilda tug‘ilgan fuqaroga narxi 13.200.000 so‘mlik tilla uzuk va trossini sotishga kelishadi. Sotib olgan fuqaro esa pulni kechqurun berishini aytib, tilla-taqinchoqlarini boshqa shaxsga sotib yuboradi va pullarni ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgan. Ushbu fuqaro shu yil iyul oyida ham firibgarlik qilib, Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi bilan sudlangan bo’lgan. […]
3-dekabr kuni kutilayotgan ob-havo to‘g‘risida ma’lumot
Gidrometeorologiya xizmati markaziga ko‘ra, ertaga — 3-dekabr kuni Namangan viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +0…+5… daraja, kunduzi +13…+18 daraja iliq bo‘ladi.
Haydovchilik guvohnomasi imtihonlarini xususiy markazlar ola boshlaydi. Imtihonlar avtomatlashtirilgan tizim orqali inson omilisiz o’tkaziladi
▪️YHXBB imtihonni xususiy markazlar olsa, faqat bilimli haydovchilar guvohnomaga ega bo‘lishini bildirib, avtomaktablarga o‘z o‘quvchilari bilan ishlashga jiddiy yondashishni tavsiya qildi.
Ehtiyojmand aholiga uy olishda dastlabki to‘lov uchun 32 mln so‘mlik subsidiyalar beriladi
▪️Keyingi yilda ipoteka dasturlari doirasida 50 mingga yaqin xonadonli uy-joy quriladi. Aholiga to‘lov uchun 1,3 trln so‘mlik subsidiya ajratiladi. Prezident videoselektorida ma’lum bo‘lishicha, har bir hududda qurilish klasterlari tashkil etiladi.
O‘zbekistonda maktablarga qabulda qanday korrupsion holatlar bor?
▪️Shu mavzuda tadqiqot o‘tkazilib, 5 mingga yaqin respondent fikri o‘rganildi. Tadqiqotga ko‘ra, korrupsiya mikrohududlarning kvota tizimi, maktab binosining yetishmasligi, 1-sinfga qabul qilishda ta’lim tili bo‘yicha aniq talablar yo‘qligi, ta’lim sifati pastligi muammolari tufayli sodir bo‘ladi. Shuningdek, maktabda maosh kamligi, ota-onalarning, yuqori tashkilotlarning direktor va o‘qituvchilarga bosim o‘tkazish holatlari ham korrupsiyaga sabab bo‘ladi.
O‘zbekistonda korrupsiya uchun jazo keskin kuchaytirilmoqda
▪️Buni belgilab qo‘yadigan qonun loyihasi Qonunchilik palatasiga kiritildi, deb xabar qildi Aksilkorrupsiya agentligi. Pora olish, pora berish va pora olish-berishda vositachilik qilish jinoyatlari uchun 20 yilgacha ozodlikni cheklash jazosi belgilanyapti (hozir 15 yilgacha). Korrupsiya bilan qamalganlarni muddatidan oldin ozod qilish, ularning jazosini yengilrog‘iga almashtirish man qilinishi ham kutilmoqda.
Keksalarni eʼzozlash, ularga hurmat-izzat koʻrsatish-xalqimizga xos ezgu fazilat
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 28 maydagi “Keksalarni davlat tomonidan qoʻllab quvvatlash tizimini yanada takomillashtirishning chora tadbirlari toʻgʻrisidagi” qaroriga asosan har yilning Noyabr oyi “Keksalar uchun turizm oyligi” etib belgilangan. Shu munosabat bilan Namangan viloyat sudi tomonidan uzoq yillar tizimda faoliyat olib borib hozirda nafaqada boʻlgan faxriylar bilan uch avlod uchrashuvi oʻtkazildi. Uchrashuvda viloyat, […]
O‘zbekiston omikron shtammiga qarshi ilk choralarni e’lon qildi
▪️Respublika maxsus komissiyasi qarori bilan, quyidagi 10ta davlat bilan aviaaloqa vaqtincha uzildi: Janubiy Afrika Respublikasi, Botsvana, Namibiya, Zimbabve, Mozambik, Madagaskar, Lesoto, Esvatini, Tanzaniya va Gonkong . 11ta davlat hududidan O‘zbekistonga kirib keluvchi yo‘lovchilar 10 kun davomida majburiy uy karantini yoki o‘z hisoblaridan mehmonxonaga karantinga joylashtiriladi: Bu davlatlar quyidagilar: Avstraliya, Avstriya, Belgiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Daniya, […]