18 Okt, 2024
1 min read

⚡️Toshkent viloyati teleradiokanali tashkil etiladi

Prezident qaroriga koʻra, Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi tizimida Toshkent viloyati teleradiokanali — Nurafshon TV tashkil etiladi. Toshkent viloyati teleradiokanalining asosiy vazifalari etib «viloyatning ijtimoiy-siyosiy, sotsial-iqtisodiy va madaniy-maʼrifiy hayotida roʻy berayotgan islohotlar, farovonlik, taraqqiyot va bunyodkorlik yoʻlida olib borilayotgan keng koʻlamli ishlar hamda yaratilgan imkoniyatlar haqida aholini muntazam xabardor qilib borish» belgilandi. Telekanal, shuningdek, «joylarda islohotlarni amalga […]

1 min read

2021-yilning 9 oyida 3,7 ming nafar ayolning homilasida tug‘ma nuqson borligi aniqlandi

▪️541,5 ming yangi tug‘ilgan chaqaloq tug‘ma gipotireoz (qalqonsimon bez faoliyatining keskin susayishi) va fenilketonuriya (ruhiy rivojlanish susayishiga olib keluvchi tug‘ma modda almashinuvi buzilishi) kasalliklariga skrining tekshiruvlaridan o‘tkazilgan. Va 11 mingdan oshiq chaqaloqda bu kasalliklarga moyillik borligi aniqlangan, deb xabar berildi Senat yalpi majlisida.

1 min read

AQSHda 1 yilda giyohvand moddalardan 100 ming kishi vafot etdi

▪️Bu – Qo‘shma Shtatlardagi qurolli to‘qnashuvlar va avtohalokat qurbonlari sonidan ko‘p. Giyovand moddalardan o‘lim 2020-yilning aprelidan 2021-yilning apreligacha 30 foizga oshgan. Shu paytgacha mamlakatda dorilar sabab yillik o‘lim bu darajaga yetmagan. Dorilarni haddan tashqari ko‘p iste’mol qilish pandemiya davrida ortgan. Buni pandemiyaning psixologik ta’siri va doriga qo‘shiladigan o‘ziga qaram qiluvchi moddalarning ko‘paygani bilan izohlamoqda ekspertlar.

1 min read

Manba: Jahongir Ortiqxo‘jayev ko‘tarilmoqda

▪️Toshkent shahar hokimi, biznesmen Jahongir Ortiqxo‘jayev O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari bo‘lishi mumkin. Bu haqda o‘z manbasiga tayanib Kun.uz xabar tarqatdi. Eslatib o‘tamiz, Jahongir Ortiqxo‘jayev 2017-yilda Tashkent City direksiyasi direktori, 2018-yil apreldan Toshkent shahar hokimi lavozimini egallagan. Aynan uning lavozimga kelishi O‘zbekistonda davlat-xususiy manfaatlar to‘qnashuvi bo‘yicha qonunchilik naqadar bo‘sh ekanini ko‘rsatib berdi.

1 min read

Yaponiya xorijlik ishchilarga cheksiz muddatga yashash huquqini bermoqchi

▪️Bu – 2022-yildan boshlab qo‘llanishi mumkin. 2019-yildan beri Yaponiyada qishloq xo‘jaligi, hamshiralik kabi 14 xil turdagi mehnat ishchilariga oila a’zolarisiz 5 yillik viza berib kelinayotgan edi. Qonun kuchga kirsa, ishchilar oila a’zolarini ham o‘zlari bilan Yaponiyaga olib kelishlari mumkin bo‘ladi. Mamlakatda aholining kamayishi, yoshi katta qatlamning ko‘pligi xorijiy ishchilarga talab oshishiga sabab bo‘lyapti.

1 min read

Abdurazzоqov boshchiligidagi delegatsiya Rossiyada 60 mln dollarlik kelishuv imzoladi

17 noyabr kuni Moskva shahrida Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov hamda Rossiyaning “Siberian Wellness” kompaniyasi bosh direktori Natalya Goroxovskaya o‘rtasida rasmiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Mazkur uchrashuvda Namangan viloyatida “Siberian Wellness” kompaniyasi bilan hamkorlikda meva-sabzavot klasterini tashkil etish, xususan, intensiv bog‘, meva-sabzavotlarni qayta ishlash, kalibrovka qilish hamda zamonaviy muzlatgich tashkil etish bo‘yicha qiymati 60 mln dollar […]

1 min read

“Davlatimiz bayrogʻi – faxrimiz, iftixorimiz”

Mamlakatimizda har yili 18 noyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi davlat bayrogʻi qabul qilingan kun sifatida keng nishonlanadi. Davlatimiz bayrogʻining 30 yilligi munosabati bilan Xalq deputatlari mahalliy Kengashi deputatlari Olimxon Babaxanov va Gʻiyosiddin Babaxanovlar tashabbusi bilan saylangan okrugi hududidagi 43-46-22-15-sonli umumtaʼlim maktablari, 4-DIUM va 1-DIMI oʻquvchilari oʻrtasida “Davlatimiz bayrogʻi – faxrimiz, iftixorimiz” mavzusida insholar tanlovi oʻtkazildi. Tanlov […]