19 Sen, 2024
1 min read

Shahar hokimiga sovg‘a qilingan Mercedes Google’da trendga chiqdi

▪️Ziyoda Latipova ismli ayol narxi taxminan $250 mingli Mercedes-Benz S500 Hybrid avtomobilini Jahongir Ortiqxo‘jayevga sovg‘a qilgandi. Hokimlik hadyani 30-noyabrda qabul qildi. Shundan keyin Google’ning O‘zbekiston segmentida Ziyoda Latipova va mashina haqida so‘rovlar ortgan. Daryo Google’dan qidirilgan «Mercedes», «Mercedes-Benz S500 Hybrid», «Latipova Ziyoda» va «Латипова Зиёда» so‘rovlarini taqqosladi. Unga ko‘ra, 30-noyabr 20:00–22:00da 4 kalit so‘z ichida […]

1 min read

13 mln so’mlik tilla taqinchoqlar firibgar qo’liga tushdi

26-avgust kuni, Namangan shahrida yashovchi, fuqaro tilla-taqinchoqlar bozorida 1982-yilda tug‘ilgan fuqaroga narxi 13.200.000 so‘mlik tilla uzuk va trossini sotishga kelishadi. Sotib olgan fuqaro esa pulni kechqurun berishini aytib, tilla-taqinchoqlarini boshqa shaxsga sotib yuboradi va pullarni ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgan. Ushbu fuqaro shu yil iyul oyida ham firibgarlik qilib, Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi bilan sudlangan bo’lgan. […]

1 min read

O‘zbekistonda maktablarga qabulda qanday korrupsion holatlar bor?

▪️Shu mavzuda tadqiqot o‘tkazilib, 5 mingga yaqin respondent fikri o‘rganildi. Tadqiqotga ko‘ra, korrupsiya mikrohududlarning kvota tizimi, maktab binosining yetishmasligi, 1-sinfga qabul qilishda ta’lim tili bo‘yicha aniq talablar yo‘qligi, ta’lim sifati pastligi muammolari tufayli sodir bo‘ladi. Shuningdek, maktabda maosh kamligi, ota-onalarning, yuqori tashkilotlarning direktor va o‘qituvchilarga bosim o‘tkazish holatlari ham korrupsiyaga sabab bo‘ladi.

1 min read

O‘zbekistonda korrupsiya uchun jazo keskin kuchaytirilmoqda

▪️Buni belgilab qo‘yadigan qonun loyihasi Qonunchilik palatasiga kiritildi, deb xabar qildi Aksilkorrupsiya agentligi. Pora olish, pora berish va pora olish-berishda vositachilik qilish jinoyatlari uchun 20 yilgacha ozodlikni cheklash jazosi belgilanyapti (hozir 15 yilgacha). Korrupsiya bilan qamalganlarni muddatidan oldin ozod qilish, ularning jazosini yengilrog‘iga almashtirish man qilinishi ham kutilmoqda.

2 mins read

Keksalarni eʼzozlash, ularga hurmat-izzat koʻrsatish-xalqimizga xos ezgu fazilat

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 28 maydagi “Keksalarni davlat tomonidan qoʻllab quvvatlash tizimini yanada takomillashtirishning chora tadbirlari toʻgʻrisidagi” qaroriga asosan har yilning Noyabr oyi “Keksalar uchun turizm oyligi” etib belgilangan. Shu munosabat bilan Namangan viloyat sudi tomonidan uzoq yillar tizimda faoliyat olib borib hozirda nafaqada boʻlgan faxriylar bilan uch avlod uchrashuvi oʻtkazildi. Uchrashuvda viloyat, […]

1 min read

O‘zbekiston omikron shtammiga qarshi ilk choralarni e’lon qildi

▪️Respublika maxsus komissiyasi qarori bilan, quyidagi 10ta davlat bilan aviaaloqa vaqtincha uzildi: Janubiy Afrika Respublikasi, Botsvana, Namibiya, Zimbabve, Mozambik, Madagaskar, Lesoto, Esvatini, Tanzaniya va Gonkong . 11ta davlat hududidan O‘zbekistonga kirib keluvchi yo‘lovchilar 10 kun davomida majburiy uy karantini yoki o‘z hisoblaridan mehmonxonaga karantinga joylashtiriladi: Bu davlatlar quyidagilar: Avstraliya, Avstriya, Belgiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Daniya, […]