17 Sen, 2024
1 min read

Xitoyda sun’iy intellekt prokuror o‘rnini bosyapti

▪️Sun’iy intellekt prokurori jinoyatlarni 97 foiz aniqlikda o‘rgana oladi. Hozircha sun’iy intellekt 8ta umumiy jinoyat: qimor, firibgarlik o‘g‘rilik kabilarga xulosa bera oladi. Sun’iy prokuror keysning og‘zaki tavsifini eshitib, uni malakalaydi. Uning yordami bilan prokurorlarning ishi yengillashishi va ular faqat murakkab masalalarga diqqat qaratishi mumkin.

1 min read

Afg‘onistonda mablag‘ yo’qligi sabab qizlar universitetlarga qaytarilmaydi

▪️Oliy ta’lim vaziri Abdul Boqi Haqqoniy qizlar uchun alohida sinfxonalar tashkillashtirish, lektorlar ishga olish uchun qo‘shimcha vaqt va pul kerak bo‘layotganini aytdi.  «Tolibon» hukumat tepasiga kelgan 15-avgustdan beri xotin-qizlarga OTMlarga borish taqiqlangan. Toliblar qizlar uchun OTMlarda alohida sharoit qilib berish haqida va’da bergandi, lekin u hali ham bajarilmayapti.  

1 min read

“Jaloliddin Manguberdi vorislari” shiori ostidagi viloyat hokimi, harbiy maʼmuriy sektor rahbari sovrini uchun tanlov oʻtkazildi.

Joriy yilning 27 dekabr kuni Namangan viloyati mudofaa ishlari boshqarmasi huzuridagi chaqiriluvchilarni harbiy-texnika mutaxassisliklari boʻyicha tayyorlash markazida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 30 yilligi hamda Vatan himoyachilari kunini nishonlashga tayyorgarlik koʻrish va oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 2021 yil 22-noyabrdagi F-4 sonli farmoyishi ijrosini taʼminlash maqsadida harbiy qismlardagi muddatli harbiy xizmatchilar va yoshlar […]

1 min read

Aholi orasida firibgarlar yong‘in xavfsizligi uchun pul undiryapti

▪️Kuz-qish mavsumi boshlanishida tumanlarda maxsus kiyimli odamlar o‘zini «davlat yong‘in nazorati organi xodimi» sifatida tanishtirib, 20-40 ming so‘mdan pul yig‘ib olishi kuzatiladi. Adliya vazirligi aholini ular firibgarlar ekani haqida ogohlantirdi. Majburiy to‘lanadigan to‘lovlar faqatgina: – sovuq suv; – isitish ta’minoti va issiq suv; – elektr; – gaz; – kanalizatsiya uchun. Biror tashkilot formasiga o‘xshash kiyinib […]

1 min read

2028-yilgacha O‘zbekistonda dasturiy mahsulotlar eksporti $1mlrddan oshiriladi

▪️Eksportda ishlaydigan 1 xodim $2 ming oylik olsa, uning maoshi yiliga $24 ming bo‘ladi. Shunday xodimlar soni 40 mingdan oshsa, ularning oyligining o‘zi $1 mlrddan oshadi, deb ma’lum qildi AKT vaziri Sherzod Shermatov. Vazirga ko‘ra, bunda eksportda qo‘shilgan qiymat deyarli 100 foiz bo‘ladi. «Shuning uchun yoshlarimiz kelajakda o‘z oilasi davrasida yashab, yaxshi daromad olmoqchi bo‘lsa, […]

1 min read

Doniyor Ermatov Namangan viloyati hokimligining korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʻlimi boshligʻi etib tayinlandi.

Viloyat hokimligi majlislar zalida viloyat hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov boshchiligida faollar yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Yigʻilishda tashkiliy masala koʻrildi. Hozirga qadar Namangan viloyati hokimligining bosh yuristi vazifasida ishlab kelgan Doniyor Pulatovich Ermatov Namangan viloyati hokimligining korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʻlimi boshligʻi etib tayinlandi. Doniyor Ermatov 1983 yilda Namangan viloyatining Yangiqoʻrgʻon tumanida tugʻilgan. Maʼlumoti oliy, 2004 yilda Namangan […]

1 min read

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Namangan viloyati bosh boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi.

Markaziy bank boshqaruvi raisining buyrugʻiga binoan Aliyev Djamshidbek Azizovich Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Namangan viloyati bosh boshqarmasi boshligʻi etib tayinlandi. Mazkur lavozimda ishlab kelgan Gʻaybullo Vohidov boshqa ishga oʻtishi munosabati bilan lavozimidan ozod etilgan. Djamshidbek Aliyev 1978 yilda Fargʻona viloyati Qoʻqon shahrida tugʻilgan. Maʼlumoti oliy, Andijon muhandislik-iqtisodiyot instituti, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat […]