2022
«Oʻzgidromet» kuchli yomgʻir va sel xavfidan ogohlantirdi
AOKAda oʻtkazilgan brifingda «Oʻzgidromet» markazi axborot xizmati rahbari Munisa Asilxoʻjayeva ob-havoda kuzatilayotgan oʻzgarishlar yuzasidan shoshilinch axborot berdi. ⚠️ 16-19 mart kunlari kutilayotgan kuchli yomgʻir sabab Qashqadaryo, Surxondaryo, Samarqand, Navoiy, Jizzax, Toshkent, Namangan, Fargʻona, Andijon viloyatlarining qator tumanlarida sel kelishi xavfi eʼlon qilinadi.
Qaysi hududning pomidor eksporti hajmi ko‘proq?
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022-yilning yanvar oyida xorijiy davlatlarga pomidor eksport qilgan hududlar: 🔷 Xorazm viloyati – 1,1 ming tonna 🔷 Surxondaryo viloyati – 1,1 ming tonna 🔷 Buxoro viloyati – 839 tonna 🔷 Farg‘ona viloyati – 649 tonna 🔷 Qashqadaryo viloyati – 625 tonna 🔷 Namangan viloyati – 582 tonna 🔷 Toshkent viloyati […]
Namangan viloyati Mudofaa boshqarmasida muddatli harbiy xizmatga chaqiriluvchilarni kuzatish marosimi boʻlib oʻtdi.
“Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining muddatli harbiy xizmatga navbatdagi chaqiruvi hamda belgilangan xizmat muddatini oʻtab boʻlgan muddatli harbiy xizmatchilarni Qurolli kuchlar rezerviga boʻshatish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori ijrosiga muvofiq viloyatning shahar-tumanlaridan 540 nafar fuqaro harbiy xizmatga kuzatildi. Tadbirda Mudofaa boshqarmasi masʼullari, mahalliy hokimlik vakillari, harbiylar, ota-onalar, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar. © Media Departament
Yangi Namangan tuman davlat xizmatlari markazi binosini foydalanishga topshirildi
Yurtimizda olib borilayotgan islohotlar negizida “Inson qadri uchun” tamoyili barcha sohalarda oʻz aksini topmoqda. Ayniqsa, aholiga xizmat koʻrsatish, ularni uzogʻini yaqin mushkulini oson qilish yoʻlida Adliya Vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi tashkil etilgani fuqarolarning vaqti va ortiqcha mablagʻlarini tejalishiga xizmat qilmoqda. Yangi Namangan tumanida qad rostlagan binoda tuman FHDYO boʻlimi, tuman adliya, yuridik xizmat koʻrsatish […]
Yanvar oyida O‘zbekiston 9 ta davlatga oyoq kiyim eksport qilgan
🏢 Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 2022-yilning yanvar oyida 9 ta xorijiy davlatlarga qiymati 2 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan 1,1 mln juft oyoq kiyimlar eksport qilgan. ✅ 2022-yilning yanvar oyida xorijiy davlatlarga eng ko‘p oyoq kiyim eksport qilgan hududlar: 🔸 Andijon viloyati – 672 ming 🔸 Samarqand viloyati – 519 ming 🔸 Farg‘ona […]
Qaysi hudud xorijga eng ko‘p yeryong‘oq eksport qilgan?
🏢 Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022-yilning yanvar oyida hududlar bo‘yicha yeryong‘oq eksporti hajmi: 🔸Surxondaryo viloyati – 793 tonna 🔸Samarqand viloyati – 573 tonna 🔸Toshkent viloyati – 182,2 tonna 🔸Xorazm viloyati – 78,3 tonna 🔸Namangan viloyati – 58,4 tonna 🔸Toshkent shahri – 50,8 tonna 🔸Qashqadaryo viloyati – 50 tonna 🔸Andijon viloyati – 40 tonna 🔸Qoraqalpog‘iston […]
Pul oʻtkazmalari uchun haq toʻlash xizmatlari bir oyda oʻrtacha 0,1 % ga arzonlashgan
🏢 Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2022 yilning fevral oyida pul oʻtkazmalari uchun haq toʻlash xizmatlari narxlari yanvar oyiga nisbatan yaʼni bir oyda oʻrtacha 0,1 % ga arzonlashgan. ✅ Pul oʻtkazmalari uchun haq toʻlash xizmatlari narxlari oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda oʻrtacha 3 % ga oshgan.
Oʻzbekistonning koʻplab hududlarida sel kelish xavfi eʼlon qilindi
Oʻzgidromet axborot xizmati maʼlum qilishicha, joriy yilning 11-15 mart kunlari kutilayotgan kuchli yomgʻirlar yogʻishi sababli respublikaning togʻ oldi va togʻli hududlarida, jumladan: Qashqadaryo viloyati: Yakkabogʻ, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi, Gʻuzor, Koson tumanlarida; Surxondaryo viloyati: Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Shoʻrchi, Qumqoʻrgʻon tumanlarida; Samarqand viloyati: Urgut, Samarqand, Bulungʻur, Nurobod, Qoʻshrabot, Kattaqoʻrgʻon tumanlarida; Navoiy viloyati: […]
Namangan viloyati hokimiga yangi oʻrinbosar tayinlandi
Yakubova Dinora Isakovna Namangan viloyati hokimi oʻrinbosari – oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshligʻi vazifasini bajaruvchi lavozimiga tayinlandi. Dinora Isakovna 1970 yilda Fargʻona shahrida tugʻilgan. 1994 yilda Namangan davlat universitetini tamomlagan. Dinora Yakubova mehnat faoliyatini 1987 yilda Kosonsoy tumanida bogʻcha tarbiyachiligidan boshlagan. 1990-1997 yillarda xalq taʼlimi tizimida oʻqituvchi, 2004-2006 Kosonsoy yengil sanoat kasb-hunar kolleji uslubchisi, oʻquv […]
Namangan shahrining ayrim koʻchalarida transport vositalari harakati vaqtincha cheklanishi mumkin.
Huquqbuzarliklarni oldini olish, favqulodda holatlar yuzaga kelganda tezkorlikni oshirish maqsadida, Namangan viloyati IIB YHXB xodimlari va Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari tomonidan taktik mashgʻulotlari oʻtkazilishi munosabati bilan 2022 yil 10 mart kuni soat 21:00dan 23:00 oraligʻigacha boʻlgan vaqtda Namangan shaharning markaziy koʻchalarida transport vositalarining harakati qisqa muddatga cheklanishi mumkin. © Namangan viloyati IIB Axborot xizmati