Sogʻliqni saqlash vaziri Namanganda
1 min read

Sogʻliqni saqlash vaziri Namanganda

Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vaziri Behzod Musayev va Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Namangan filiali Namangan shahar tez tibbiy yordam boʻlimiga bordilar.

Bu yerda “Call centre” – tez tibbiy yordam chaqiruv markazidagi qizgʻin faoliyat bilan tanishildi.

Bu tashrif bejiz emas, boisi butun jahonda pandemiya davom etayotgan, kamiga mavsumiy kasalliklar va surunkali kasalliklar xuruj qilgan shu kunlarda shoshilinch tibbiy yordamga murojaatlar soni koʻpaygan.

Bemorlarning ilk qoʻngʻiroqlariga javob beruvchi hamda tegishliligi boʻyicha hududlarga Tez yordam mashinasini yuboruvchi ishchi-xodimlar 24 soatlik tartibda oʻz vazifalarini ado etmoqdalar.

Vazir hamda viloyat hokimi sohani rivojlantirish masalasini muhokama qildilar.

Fikr bildirish