📊 Kartoshka importi qariyb 42 ming tonnaga oshgan
1 min read

📊 Kartoshka importi qariyb 42 ming tonnaga oshgan

🏢 Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2022 yilning yanvar – fevral oylarida Oʻzbekiston 7 ta davlatdan qiymati 21 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 122,4 ming tonna kartoshka import qilgan.

✅ Kartoshka importi oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda qariyb 42 ming tonnaga oshgan.

✅ 2022 yilning dastlabki 2 oyida Oʻzbekiston kartoshka import qilgan davlatlar:

— Pokiston – 91,3 ming tonna

— Qozogʻiston – 12,6 ming tonna

— Eron – 5,2 ming tonna

— Rossiya – 4,4 ming tonna

— Qirgʻiz R. – 4,3 ming tonna

— Afgʻoniston – 4 ming tonna

— Belarus – 631,6 tonna

Fikr bildirish