Nuroniylar doimo eʼzozda, ehtiromda!
1 min read

Nuroniylar doimo eʼzozda, ehtiromda!

Namangan viloyatida ana shu shior ostida keksalarni eʼzozlash, marhum qahramonlarni yodlash tadbiri boʻlib oʻtdi.

– Muhtaram yurtboshimiz taʼkidlaganlaridek “Inson qadri – ulugʻ. U ertaga emas, uzoq kelajakda emas, ayni bugun oʻz hayotidan rozi va mamnun boʻlib yashashi kerak, degan iboralarini har kunimiz dasturi amali boʻlishi kerak!»
Bugun koʻplab qahramon yurtdoshlarimiz oramizda yoʻq, lekin ularning boy tajriba maktabi avlodlari va shogirdlari faoliyatida davom etayotgani quvonarli hol. Ularning mardonavor hayot yoʻllari yoshlarimiz uchun chinakam vatanparvarlik hissini singdiruvchi maktabdir, – deydi tadbirni ochib bergan viloyat hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov.

Viloyatdan 5 nafar turli soha fidoyilariga Oʻzbekiston Qahramoni unvonlari berilgan. 8 nafar Sovet Ittifoqi Qahramonlari, 58 nafar Mehnat Qahramonlari yashab oʻtishgan.

Tadbir davomida qahramon vatandoshlarimiz xotirasiga bagʻishlangan videoroliklar namoyish etildi.

Fikr bildirish