Karantin sabab tayinlanishi kechikkan pensiyalar toʻliq qoplab beriladi
2 mins read

Karantin sabab tayinlanishi kechikkan pensiyalar toʻliq qoplab beriladi

Pensiyaga boʻlgan huquqi karantin davrida (amal qilgan vaqtda) paydo boʻlgan, biroq cheklovlar sababli tegishli tashkilotga murojaat qila olmagan fuqarolarga oʻtgan davrlar uchun ham mablagʻ toʻliq toʻlab beriladi.


Oʻzbekistonda karantin eʼlon qilingan muddatdan eʼtiboran (2020 yil 24 mart) muayyan sabablarga koʻra yoshga doir pensiya tayinlanishi uchun oʻz vaqtida murojaat qilolmagan fuqarolarga oʻtgan davrlar uchun ham mablagʻ toʻliq toʻlab beriladi. Bu haqda Pensiya jamgʻarmasi axborot xizmati xabar bermoqda.

Xususan, fuqaro (erkak) 2020 yil 1 may kuni 60 yoshga toʻldi. Biroq turli sabablar tufayli pensiya tayinlash uchun Pensiya jamgʻarmasiga oʻz vaqtida murojaat qila olmadi hamda 2022 yil yanvar oyida (yaʼni 20 oydan keyin) ushbu masala yuzasidan murojaat qilishga imkon topdi. Bunda ushbu fuqaroga 2020 yil 1 maydan pensiya tayinlanib, unga 2020 may – 2022 yil yanvar oylari (20 oy) uchun pensiyasi biryoʻla beriladi hamda kelgusida har oylik pensiyasi toʻlanadi.

Maʼlumot uchun, 2022 yil 1 yanvar holatiga pensiya va nafaqa oluvchilarning umumiy soni 4 mln 39,2 ming kishini tashkil qilgan Karantin sabab tayinlanishi kechikkan pensiyalar toʻliq qoplab beriladi
Pensiyaga boʻlgan huquqi karantin davrida (amal qilgan vaqtda) paydo boʻlgan, biroq cheklovlar sababli tegishli tashkilotga murojaat qila olmagan fuqarolarga oʻtgan davrlar uchun ham mablagʻ toʻliq toʻlab beriladi.

Oʻzbekistonda karantin eʼlon qilingan muddatdan eʼtiboran (2020 yil 24 mart) muayyan sabablarga koʻra yoshga doir pensiya tayinlanishi uchun oʻz vaqtida murojaat qilolmagan fuqarolarga oʻtgan davrlar uchun ham mablagʻ toʻliq toʻlab beriladi. Bu haqda Pensiya jamgʻarmasi axborot xizmati xabar bermoqda.

Xususan, fuqaro (erkak) 2020 yil 1 may kuni 60 yoshga toʻldi. Biroq turli sabablar tufayli pensiya tayinlash uchun Pensiya jamgʻarmasiga oʻz vaqtida murojaat qila olmadi hamda 2022 yil yanvar oyida (yaʼni 20 oydan keyin) ushbu masala yuzasidan murojaat qilishga imkon topdi. Bunda ushbu fuqaroga 2020 yil 1 maydan pensiya tayinlanib, unga 2020 may – 2022 yil yanvar oylari (20 oy) uchun pensiyasi biryoʻla beriladi hamda kelgusida har oylik pensiyasi toʻlanadi.

Maʼlumot uchun, 2022 yil 1 yanvar holatiga pensiya va nafaqa oluvchilarning umumiy soni 4 mln 39,2 ming kishini tashkil qilgan

Manba: Kun.uz

Fikr bildirish