Rossiyaga eksportning to‘xtashi UzAuto Motors uchun katta yo‘qotish emas
1 min read

Rossiyaga eksportning to‘xtashi UzAuto Motors uchun katta yo‘qotish emas

🇷🇺 Rossiyaning O‘zbekiston yengil avtomobil eksportidagi ulushi bor-yo‘g‘i 1,6 foiz. O‘zbekiston 2021-yilda Rossiyaga 456 ta avtomobil sotgan.

🇺🇦 Bundan tashqari, Ukrainaga 929 dona avtomobil eksport qilingan. Ukraina va Rossiyaga sotilgan avtomobillar ulushi umumiy eksportning 5 foiziga ham yetmaydi.

🇰🇿 O‘zbekiston asosan Qozog‘istonga avtomobil sotadi (jami avtomobil eksportining 93 foizi).

🇺🇿 Ma’lumot uchun, O‘zbekiston 2021-yilda 236 667 ta  yengil avtomobil ishlab chiqarib, shundan 28 942 tasini  (12 foiz) xorijga eksport qilgan. Fevral oyida Shavkat Mirziyoyev avtomobillarni ko’proq ichki bozorga yo’naltirishni buyurgan edi.

Fikr bildirish