Namangan shahar hokimi boshchiligidagi ishchi guruh 1-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim maktabida boʻldi.
1 min read

Namangan shahar hokimi boshchiligidagi ishchi guruh 1-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim maktabida boʻldi.

Bu yerda issiqlik tizimini taʼmirlash ishlari davom etmoqda. Xabaringiz bor, 23-yanvar sanasidan shahrimizdagi 3 ta umumtaʼlim maktablaridan tashqari barcha oʻquv dargohlarida darslar anʼanaviy tarzda boshlangan edi. Issiqlik tizimidagi kamchiliklar bois 1-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim maktabida ham oʻquv jarayonlari online tarzda olib borilmoqda. Ayni paytda maktabda issiqlik tizimini taʼmirlash ishlari davom etmoqda.

Shahar hokimi boshchiligidagi ishchi guruh muassasada boʻlib, jarayonlar bilan tanishdi. Ishlarni tezroq va sifatli yakunlash boʻyicha tegishli mutasaddilarga topshiriq berildi.

Fikr bildirish