Namanganda «Besh tashabbus olimpiadasi» doirasida Tikuvchilik yo‘nalishining respublika bosqichiga start berildi.
1 min read

Namanganda «Besh tashabbus olimpiadasi» doirasida Tikuvchilik yo‘nalishining respublika bosqichiga start berildi.

Bugun Davlatobod tumanida joylashgan «Fazman» tikuvchilik korxonasida «Besh tashabbus olimpiadasi» doirasida Tikuvchilik yo‘nalishining respublika bosqichi ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.

Ochilish marosimida yoshlar siyosati va sport vazirligi boshqarma boshligʻi Sharifjon Mominjanov hamda viloyat hokimligi kotibiyat mudiri Toxirjon Boymirzayev soʻzga chiqib ishtirokchilarga omad tilab, tikuvchilik yo‘nalishining Respublika bosqichini ochiq deb e’lon qilishdi.

Mazkur musobaqada respublikamizning barcha viloyat bosqichlarida go‘liblikni qo‘lgan kiritgan yoshlar ishtirok etishmoqda.

Namangan viloyati yoshlar siyosati va sport boshqarmasi axborot xizmati

Fikr bildirish