1 min read

BOJXONA TIZIMIDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISLOHOTLAR NATIJA. NATIJALAR JURNALIST VA BLOGERLAR NIGOHIDA

Yangi Oʻzbekiston – yangicha dunyoqarash. Hayotimizning har jabhasida amalga oshirilayotgan islohotlar zamirida aholi farovonligini taʼminlash, xalqimiz uchun munosib turmush sharoitlarini yaratish, mamlakatimiz iqtisodiy salohiyati yuksaltirish kabi bir qator ezgu gʻoyalar mujassam.

Ana shunday isloh qilinayotgan sohalar qatorida mamlakatimiz iqtisodiy farovonligiga hissa qoʻshayotgan bojxona sohasida bugungi kunda qanday yangilanish va oʻzgarishlar sodir boʻlmoqda.

Bojxona sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida chegara bojxona posti orqali harakatlanayotgan fuqarolar uchun qanday qulayliklar yaratilgan?

Xuddi shunday savollarga aniq javob berish maqsadida viloyat bojxona axborot xizmati tomonidan 18 avgust kuni jurnalist va blogerlar uchun press-tur tashkil etildi.

 

Bugungi kunda Namangan viloyati bojxona boshqarmasi tasarrufida 4 ta chegara bojxona posti mavjud boʻlib, ular “Kosonsoy” chegara bojxona posti(Qirgʻiziston Respublikasining Jalolobod viloyati, Alabuqa tumani bilan chegaradosh), “Pop” chegara bojxona posti (Tojikiston Respublikasining Sugʻd viloyati Asht tumani bilan chegaradosh), “Uchqoʻrgʻon” chegara bojxona posti (Qirgʻiziston Respublikasining Novkent tumani bilan chegaradosh) hamda “Namangan aeroport” chegara bojxona postlaridan iborat , deb maʼlumot berdi Namangan viloyat bojxona boshqarmasi axborot xizmati rahbari Ravshan Asqarov.

 

Press-tur avvalida OAV vakillari Namangan viloyati bojxona boshqarmasining “Namangan aeroport” chegara bojxona postida boʻlishdi hamda bojxona posti tarixi, post orqali harakatlanayotgan fuqarolarga yaratilgan qulayliklar, u yerdagi bojxona rasmiylashtiruvi jarayonini soddalashtirish, zamonaviy bojxona nazoratining shakl va usullarini joriy etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishishdi.

Press-tur doirasida Ommaviy axborot vositalari vakillari oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

 

Fikr bildirish