Sportchilar eʼtirofda!
1 min read

Sportchilar eʼtirofda!

Namangan viloyati Yoshlar siyosati va sport boshqarmasi majlislar zalida boshqarma boshligʻi Anvarjon Tuychiyev ishtirokida Sport turlari boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoalari tarkibiga kiritilgan, hozirgi kunda nufuzli musobaqalarga tayyorgarlik koʻrayotgan viloyatimiz sportchilariga zarur vitamin va farmakologik vositalar tarqatildi.

Boshqarma boshligʻi sportchilarga kelgusida Jahon chempioni hamda Osiyo chempioni boʻlib yurtimiz bayrogʻini balandlarga koʻtarishlarida omad tiladi.

Namangan viloyati yoshlar siyosati va sport  boshqarmasi axborot xizmati

Fikr bildirish