Fuqaroga imtiyoz asosida uy olib berishni va’da qilgan firibgar ushlandi
1 min read

Fuqaroga imtiyoz asosida uy olib berishni va’da qilgan firibgar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Namangan shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro Sh.N. fuqaro Z.ning ishonchiga kirib, unga tanishlari orqali shahar hududidan ko‘p qavatli uy-joylarning biridan imtiyoz asosida uy olib berish evaziga 1 100 dollarni firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi va 28, 211-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

  1. Manba: Department uz

Fikr bildirish